"Ko'chmas mulk savdo xizmati" MChJ Qashqadaryo viloyat filiali tanlov savdolariga taklif etadi!
21.01.2013 г.

1. Tanlov savdosiga O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2012 yil 29 dekabrdagi XB-375/12-sonli buyrug’iga asosan Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida joylashgan tuman soliq inspeksiyasiga qarashli umumiy yer maydoni 495,05 kv.metr, foydali maydoni 495,05 kv.metr  bo’lgan foydalanilmayotgan "Ma'muriy binosi" qo’yilmoqda.

     Boshlang’ich narxi - 419 220 000 so’m.

Davlat aktivini balansda saqlovchi: Mirishkor tumani Davlat Soliq inspeksiyasi.

Balansda saqlovchining ixtisosligi: Ma'muriy boshqaruv.

"Ob'ekt"ning tanlov savdolari orqali sotishning asosiy shartlari etib, quyidagilar belgilangan:

-   419 220 000 so’mdan kam bo’lmagan, eng yuqori sotib olish to’lovini taklif etish;

-   50 000 000 so’mdan kam bo’lmagan miqdorda investisiya kiritish majburiyatini olish;

-   sotib olish qiymati va investisiya kiritishni qisqa muddatlarda amalga oshirish;

-   yangi ish o’rinlarini tashkil etish majburiyatini olish bo’yicha biznes rejasini taqdim etish.

     

2. Tanlov savdosiga O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2012 yil 29 dekabrdagi XB-376/12-sonli buyrug’iga asosan Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman hokimligiga qarashli "Obodonlashtirish" boshqarmasi balansidagi umumiy yer maydoni 176,57 kv.metr, foydali maydoni 176,57 kv.metr  bo’lgan "Oshxona" binosi qo’yilmoqda.

Boshlang’ich narxi - 59 000 000 so’m.

Davlat aktivini balansda saqlovchi: Kasbi tumani "Obodonlashtirish" boshqarmasi.

Balansda saqlovchining ixtisosligi: Kommunal xizmat ko’rsatish.

"Ob'ekt"ning tanlov savdolari orqali sotishning asosiy shartlari etib, quyidagilar belgilangan:

-   59 000 000 so’mdan kam bo’lmagan, eng yuqori sotib olish to’lovini taklif etish;

-   35 000 000 so’mdan kam bo’lmagan miqdorda investisiya kiritish majburiyatini olish;

-   sotib olish qiymati va investisiya kiritishni qisqa muddatlarda amalga oshirish;

yangi ish o’rinlarini tashkil etish majburiyatini olish bo’yicha biznes rejasini taqdim etish.

 

3. Tanlov savdosiga O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2012 yil 30 dekabrdagi XB-381/12-sonli buyrug’iga asosan Qashqadaryo viloyati Amu-Qashqadaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi tizimidagi qarshi magistral kanallari irrigasiya tizimi boshqarmasiga qarashli umumiy yer maydoni 881,6 kv.metr, foydali maydoni 881,6 kv.metr bo’lgan "Avtogaraj" binosi qo’yilmoqda.

Boshlan?ich narxi - 213 556 431 so’m.

Davlat aktivini balansda saqlovchi: Qarshi magistral kanallari irrigasiya tizimi boshqarmasi.

Balansda saqlovchining ixtisosligi: Irrigasiya-melorasiya.

"Ob'ekt"ning tanlov savdolari orqali sotishning asosiy shartlari etib, quyidagilar belgilangan:

-   213 556 431 so’mdan kam bo’lmagan, eng yuqori sotib olish to’lovini taklif etish;

-   70 000 000 so’mdan kam bo’lmagan miqdorda investisiya kiritish majburiyatini olish;

-   sotib olish qiymati va investisiya kiritishni qisqa muddatlarda amalga oshirish;

- yangi ish o’rinlarini tashkil etish majburiyatini olish bo’yicha biznes rejasini taqdim etish.

 

Tanlov takliflari taqdim etilgan konvertlarni ochish va tanlov savdosini o’tkazish 2013 yil 15

fevral kuni kuni soat 11:00 da Davlat raqobat qo’mitasi Qashshadaryo viloyat hududiy boshqarmasi majlislar zalida (3-qavat) amalga oshiriladi. Takliflarni ochish vaqtida tanlovda o’rnatilgan tartibda qatnashayotgan sarmoyadorlar yoki ularning vakolatli vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov savdosida ishtirok etish uchun talabgorlardan o’rnatilgan tartibda to’ldirilgan buyurtmanomalarni savdo tashkilotchisi "Ko'chmas mulk savdo xizmati" MChJ Qashqadaryo viloyati filialiga taqdim qilishlari va ob'ekt boshlang’ich bahosining 15 foizidan kam bo’lmagan miqdorda zakalat kelishuvga asosan  "Ko'chmas mulk savdo xizmati" MChJ Qashqadaryo viloyati filialining ATIB "Ipoteka" bank Qashqadaryo viloyat filialidagi quyidagi hisob raqamiga to’lanadi:

20208000004920609009, MFO 00190, STIR 207122519

Tanlov o’tkazish qoidalari, tanlov shartlari va tanlov taklifi shaklini o’z ichiga olgan tanlov

hujjatlari "Ko'chmas mulk savdo xizmati" MChJ Qashqadaryo viloyati filialiga to’ldirilgan va

imzolangan murojaatnoma bilan birgalikda to’lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat

nusxasi taqdim etilgandan so’ng olinishi mumkin.

Tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati 2012 yil 13 fevral soat 18:00 da to’xtatiladi

(takliflar tushmagan taqdirda takroriy tanlov savdolari 2013 yilning 05 va 22 mart kunlari hamda 08 aprel kuni soat 11:00 da bo’lib o’tadi. Takroriy savdolarga tanlov takliflarini qabul qilish bir kun oldin soat 18:00 da to’xtatiladi).

Tanlov savdosi natijalariga ko’ra g’olib chiqqan ishtirokchiga 20 (yigirma) kun muddat ichida sotuvchi (O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi) bilan oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish majburiyati yuklatiladi.

Tanlov savdolarini o’tkazilishi va tanlov hujjatlarini to’ldirish bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar bo’yicha murojaat uchun manzil: Qashqadaryo viloyat, Qarshi shahar, M.Abdullaeva ko’chasi 20-uy, tel/faks: (8-375) 225-44-58, veb sayt; www.1kms.uz. elektron pochta: Этот адрес e-mail защищен от спам-ботов. Чтобы увидеть его, у Вас должен быть включен Java-Script Lisenziya: № RR 0001.